Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkimyosanoat» tanlov e’lon qildi

«O‘zkimyosanoat» tanlov e’lon qildi

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalarida tayyor mahsulotlarni hisobga olish va sotishni, RFID texnologiyasi asosida markirovkalash orqali, avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishga tanlov e’lon qiladi.

1. Tanlov mavzusi:

«O‘zkimyosanoat» AJ korxonalarida tayyor mahsulotlarni xisobga olish va sotishni, RFID texnologiyami asosida markirovkalash orkali, avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2. Ishlar/xizmatlar mazmuni:

Axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, takomillashtirish va kafolatli qo‘llab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlari talablariga javob berishi kerak.

«O‘zkimyosanoat» AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni jo‘natish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlar savdosi, hisobot va ma’lumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarning apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.

3. Tanlov takliflarini yuborish tartibi to‘g‘risida ma’lumot:

Takliflarni qabul qilish ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: 1-bosqich texnik takliflarni qabul qilish; 2-bosqich tijorat takliflarini qabul qilish.

Texnik takliflar 16.11.2021 yil sanasidan 23.12.2021 yil sanasigacha qabul qilinadi.

Taklif tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan rasmiy blankida tashkilotning asl muhri bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Takliflarni taqdim etish joyi: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 38 uy, (09.00 dan 17.00 gacha, dushunba-juma kunlari). Tel. Raqami (78) 140-74-77.

4. Kompaniyaga qo‘yilgan talablar:

Tashkilot yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziya va sertifikatlarga ega bo‘lishi kerak;
Kamida 3 mijozlaridan ijobiy tavsiyalar berish;
Kamida 3 yil davomida ushbu xizmatlar bozorida tajribaga ega bo‘lish;
Shu kabi ishlanmalar va ularning tadbiq etilganligi haqida ma’lumot berish;
Yuridik va buxgalteriya hujjatlarini berish va olish huquqiga ega bo‘lgan Toshkent shahridagi ofisning mavjudligi;
Bankrotlik va sud jarayonida emasligi.

5. Kafolat talablari:

Xizmatlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri bajarish kafolati;
Ish qabul qilingandan so‘ng kamida 12 oy davomida xizmat ko‘rsatish kafolati.

6. Eng yaxshi takliflarni aniqlashda buyurtmachi tomonidan foydalaniladigan mezonlar:

Funksional imkoniyatlar;
Sifat;
Qiymat;
Xizmat ko‘rsatish muddatlari;
Xizmat ko‘rsatish kafolati.

«O‘zkimyosanoat» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring