Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkimyosanoat» katta natija qayd etdi

«O‘zkimyosanoat» katta natija qayd etdi

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2021yil boshidan buyon ishlab chiqarilayotgan azotli mineral o‘g‘itlar miqdori fizik holda ilk bor 3 mln. tonnadan ortdi.

Natijada respublika qishloq xo‘jaligi to‘liq va o‘z vaqtida mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlandi hamda mamlakatimiz eksport salohiyati oshishiga munosib xissa qo‘shildi.

Ushbu ko‘rsatkichlarga erishishda prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan hamda o‘tgan yili «Navoiyazot» korxonasida foydalanishga topshirilgan yangi zamonaviy azot kislotasi va ammiak-karbamid ishlab chiqarish loyihalarining bosqichma-bosqich loyihaviy quvvatlarga olib chiqilishi, tizimdagi o‘zgarishlar va davlatning amaliy ko‘magi hisobiga korxonalarda mablag‘larning paydo bo‘lishi evaziga o‘z vaqtida va sifatli kapital ta’mirlash ishlarining olib borilishi hamda uskunalarning modernizatsiyasini amalga oshirilishi ham xissa qo‘shdi.

Ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mineral o‘g‘itlar savdosi ichki bozor O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali amalga oshirilmoqda. Iste’molchilarga yetkazib berilayotgan mineral o‘g‘itlar sifatiga esa korxonalar tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring