Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Urganch neft bazasi» MChJ va «Farg‘ona neft bazasi» MChJga tegishli bo‘lgan 10 ta ko‘chmas mulk «E-Auksion» elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarga chiqarildi

«O‘zbekneftgaz»: «Urganch neft bazasi» MChJ va «Farg‘ona neft bazasi» MChJga tegishli bo‘lgan 10 ta ko‘chmas mulk «E-Auksion» elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarga chiqarildi

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 18 martda «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-168-sonli qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat tender komissiyasining 2022 yil 8 noyabrdagi yig‘ilish bayoniga muvofiq, «O‘zbekneftgaz» AJ qarashli ixtisosli bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlari ochiq savdolarda xususiy mulkka sotilib borilmoqda. Sotuvga qo‘yilgan yoki qo‘yilmoqchi bo‘lgan har bir ob’yekt bo‘yicha to‘liq ma’lumot «O‘zbekneftgaz» AJning ochiq ma’lumotlar portaliga, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilib borilmoqda.

Ayni paytda aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Xorazm viloyatida joylashgan «Urganch neft bazasi« MChJga tegishli bo‘lgan quyidagi ko‘chmas mulklar «E-Auksion« elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarga chiqarildi.

1. «Az-Zamaxshariy» nomli 61-FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, O‘zbekyop qishlog‘i, Amirqum mahallasi.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 235 227 000.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

2. «Shirinqo‘ng‘irot» nomli 22-FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Shirinqo‘ng‘irot qishlog‘i.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 186 993 000.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

3. «Jayxun» nomli 26-FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Boshkirshix qishlog‘i.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 174 239 000.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

4. «Bog‘olon» nomli 28-FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Bog‘lon qishlog‘i.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 244 382 000.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

5. «Sh.Rashidov» nomli 20-FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Qo‘riqtom qishlog‘i, Yangiyer mahallasi.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 257 097 000.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

6. «M.Ulug‘bek» nomli 15-FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Pitnak qishlog‘i.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 268 475 000.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida joylashgan «Farg‘ona neft bazasi» MChJga tegishli bo‘lgan quyidagi ko‘chmas mulklar «E-Auksion» elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarga chiqarildi.

1. «Guliston» FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Akrobod MFY.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 408 408 424.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

2. «M.Abdurazzoqov» nomli FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Xo‘ja Xasan QFY.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 406 461 874.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

3. «Arsif» nomli FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri, Arsif MFY.
Boshlang‘ich narxi:(so‘m): 251 115 979.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

4. «Obod o‘lka» nomli FYoTSh.
Sotuvchi: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Manzil: Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani. Sultonobod MFY.
Boshlang‘ich narxi (so‘m): 129 667 209.
Auksion savdolari bo‘lib o‘tadigan sana: 27.02.2023.
*Batafsil ma’lumot savdo sahifasida keltirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring