«O‘zbekneftgaz»: Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 4,0 mlrd metr kub tabiiy gaz hamda 250 ming tonnadan ortiq gazkondensati zaxirasiga ega bo‘lgan «Niyoz» konidagi 2-sonli quduq ishga tushirildi
Bugungi kundagi energetika sohasida yuzaga kelayotgan vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda qo‘yilgan topshiriqlar ijorosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJda ham «Tezkor shtab» tashkil etilgan bo‘lib, joylarda amalga oshirilayotgan tadbirlar Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Avval aytib o‘tganimizdek, 2022 yilning 8 dekabr kuni Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida geologik-izlov qidiruv dasturi doirasida «Niyoz» istiqbolli maydonida burg‘ilash ishlari natijasida sanoat miqyosida kunlik 200 ming kub metr tabiiy gaz oqimi olingan 2-sonli quduqni o‘zlashtirish uchun 26 km uzunlikdagi gaz quvurini qurilish ishlariga «Start» berilgan edi.
Qisqa fursatda quvurni qurilish-montaj ishlarini olib borish va quduqni ishga tushirish maqsadida «Yuggazstroy» AJ shuningdek Sho‘rtan boshqarmasining kapital ta’mirlash sexi xodimlari bilan hamkorlikda qurilish montaj ishlari olib borildi.
Natijada, 2 hafta muddatda «Sho‘rtan» konida joylashgan Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi 1-navbatigacha bo‘lgan masofada «Niyoz» konidan boshlab 26 km gaz quvurini qurish ishlari yakunlandi. Gazni tayyorlash qurilmasida gaz tarkibidan texnik suyuqliqlar (gaz kondensati va qatlam suvlari) hamda mexanik birikmalar ajratib olingandan so‘ng, gaz qayta ishlash uchun «Sho‘rtan bosh inshooti»ga uzatiladi.
Boshqaruv raisi gaz quvuri qurilish ishlari kunlarni sovuq bo‘lishiga qaramasdan qisqa muddatda tugatilganligi, tezkorlik bilan ishlar amalga oshirilganligi sabab, barcha ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildirdi va ushbu konni ishga tushirish uchun sharli kranni ochish, gazni qurilmaga qabul qilish ishlarini shaxsan boshlab berdi hamda 4,0 mlrd metr kub tabiiy gaz hamda 250 ming tonnadan ortiq gazkondensati zaxirasiga ega bo‘lgan «Niyoz» ishga tushirildi.
Tashrif davomida ushbu gaz quvurini ishga tushirishda mehnat qilgan ishchi-xodimlarga, sex va kon boshliqlariga yana bir bor minnnatdorchilik bildirilib, ularning mehnatlari e’tirof etildi.
Sho‘rtan boshqarmasida 10 ta gaz konlaridan gaz qazib chiqarilayotgan bo‘lib, jami ishlatish quduqlari soni 273 tani tashkil etadi. Ushbu konlardan o‘rtacha bir kunda 24,3 mln. kub metr tabiiy gaz qazib chiqariladi.
Konlardan qazib olingan gaz mavjud 8 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida birlamchi tayyorlanib Siquv kompressor stansiyalarida bosimi oshiriladi va qayta ishlash uchun Sho‘rtan bosh inshooti hamda Sho‘rtan gaz kimyomajmuasiga yetkazib beriladi.
Shuni ta’kidlash joizki, joriy 2022 yilning shu davrigacha Sho‘rtan boshqarmasida geologo-texnik tadbirlar doirasida 16 ta yangi burg‘ilash quduqlari burg‘ilanib ishga topshirildi.
Boshqarmaga qarashli bo‘lgan mavjud 116 ta quduqlarda ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi hamda 6 ta texnologik ob’yektlar ishga tushirilib, qo‘shimcha 363,8 mln kub metr gaz va 6,9 ming tn gaz kondensati qazib olishga erishildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter