Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi siquv kompressor stansiyasining qurilish ishlari holatini o‘rganish maqsadida «Janubiy Tandircha» konida bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi siquv kompressor stansiyasining qurilish ishlari holatini o‘rganish maqsadida «Janubiy Tandircha» konida bo‘ldi

Avval ma’lum qilganimizdek, «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi korxonalarda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib chiqarishni ko‘paytirish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha ko‘plab investitsiya loyihalari va chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, «2017-2021 yillarda Uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish Dasturi» doirasidagi loyihalardan biri, Muborak boshqarmasining «Dengizko‘l» konida siquv kompressor stansiyasi 2022 yil noyabr oyida qurib ishga tushirilgan edi.

Bugungi kunda, Bosh pudratchi «Enter Engineering RTE. LTD» kompaniyasi tomonidan «Sho‘rtan» boshqarmasining «Janubiy Tandircha» konida ham siquv kompressor stansiyasini qurish ishlari ja’dal sur’atlarda olib borilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida «Ishchi guruh» ushbu loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Janubiy Tandircha konida bo‘ldi.

Hozirgi kunda, siquv kompressor stansiyasini loyihalashtirish ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, umumiy loyihaning progressi 50% ni tashkil etadi.

Stansiyada loyiha bo‘yicha umumiy quvvati 6 MVt bo‘lgan, «Cooper Machinery Services» kompaniyasining «Superior 16SGTD» gaz porshenli dvigatellar bilan jihozlangan 3 ta «Superior WH74» rusumli gazporshenli kompressorlari o‘rnatiladi.

Qurilish maydonida «Sho‘rtan» boshqarmasi va Bosh pudratchi «Enter Engineering RTE. LTD» kompaniyasini vakillari bilan loyiha bo‘yicha zarur texnologik qurilmalar, apparatlarni yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini tezlashtirish maqsadida moliyalashtirish masalalari muxokama qilinib, tegishli mutaxassislarga zarur vazifalar belgilab berildi.

Mazkur stansiyani ishga tushirilishi «Janubiy Tadircha» konidagi mavjud tabiiy gaz zaxiralarini yanada chuqur o‘zlashtirish va qazib olinayotgan gazni 48 km uzoqlikda joylashgan «Sho‘rtan» siquv kompressor stansiyasiga va u orqali «Sho‘rtan bosh inshooti»dagi gazni qayta ishlash qurilmalariga barqaror yetkazib berish, shuningdek kunlik tabiiy gaz qazib olish hajmini 500 ming kub metrga oshirish imkonini beradi.

Eng asosiysi esa, «Janubiy Tandircha» konidan qazib olinayotgan kunlik 3,0 mln kub metr tabiiy gaz miqdorlari saqlanib qolinishi ta’minlanadi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida bugungi kunda eng dolzarb mahsulot hisoblangan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish uchun tashkil etilgan ishlar ham o‘rganildi.

Hozirgi kunda «Sho‘rtan bosh inshooti»da 4 ta propan-butan aralashmalari ajratib olish qurilmalari mavjud bo‘lib, qurilmalarga xomashyo gazi, Gazni seolit bloklarida oltingugurt birikmalaridan tozalanganidan keyin, belgilangan shudring nuqtaga yetkazilganidan keyin yetkazib beriladi.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida qurilmalarning 1, 5-navbatlaridagi texnologik apparatlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Qurilmaning 1-navbatiga uzatilayotgan xom ashyo gazi haroratini yanada tushirish maqsadida mavjud havo bilan sovutish qurilmasiga «mikroklimat» tizimini o‘rnatish ishlari bajarildi.

Seolit bloklarida 2 dona «gaz-gaz» harorat almashtirish uskunalarini ta’mirlash va sovutish tizimini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» va «Uzbekistan GTL» zavodlarini xom ashyo gazi bilan barqaror ta’minlash maqsadida «Sho‘rtan bosh inshooti»dan kimyo majmuasigacha 33 km gaz quvurini qurish ishlari ham amalga oshirildi.

Bu esa o‘z navbatida «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» va «Uzbekistan GTL» zavodida ham suyultirlgan gaz, polietilen va sintetik neft mahsulotlari ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlashga olib keladi.

Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmalarda boshqarma konlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz bilan birgalikda mahsulot taqsimotiga oid bitim hamda shartnomalari asosida «LUKOYL – O‘zbekiston Opereyting Kompani» qo‘shma korxonasi va «EPSILON DCC» xorijiy korxonalari tomonidan yetkazib berilayotgan tabiiy gazni ham qayta ishlash bilan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish xizmati ko‘rsatiladi.

2022 yilda «Sho‘rtan» boshqarmasida jami 335,7 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi, shundan «Sho‘rtan» boshqarmasi gazi hisobidan esa 192,9 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, rejaga nisbatan 17,2 ming tonna ortiq yoki reja ko‘rsatkichi 109,7 % ga bajarilishi ta’minlandi.

Shundan, aholi va ijtimoiy soha ob’yektlari ehtiyoji uchun uzluksiz ravishda «Hududgazta’minot» AJ hududiy filiallariga 158,3 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Boshqaruv raisi tomonidan, «Sho‘rtan» boshqarmasida bayram arafasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va iste’molchilarga barqaror yetkazib berish uchun berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyidan yaqindan tanishdi, ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, bayram kunlarida Respublika aholisini tayyor mahsulot bilan ta’minlashda katta hissasini qo‘shayotgan ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildirdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring