Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga sement importi hajmi keskin tushdi

O‘zbekistonga sement importi hajmi keskin tushdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga qiymati 9,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 252,1 ming tonna sement import qilingan.

Sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 278 ming tonnaga kamaygan.  2021 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan 528,5 ming tonna sement import qilingandi. 

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

- Tojikiston – 125 ming tonna

- Qirg‘iz R. – 68,3 ming tonna

- Qozog‘iston – 57,5 ming tonna

-  Eron – 930 tonna

-  Rossiya – 138 tonna

-  Turkmaniston – 135,8 tonna

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring