O‘zbekistonda QQS tushiriladi
O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat solig‘i 2023 yildan e’tiboran 15 foizdan 12 foizga tushiriladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’yezdida ushbu qarorni ma’lum qildi.
— Xabaringiz bor, shu yil 20 avgust kuni Siz, hurmatli tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot doirasida, 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 60 ga yaqin yangi tashabbus va takliflarni amalga oshirish uchun, alohida Dastur qabul qildik.
Shu bilan birga, biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytirish, soliq turlari va uning yukini kamaytirish bo‘yicha, tizimli ishlarimizni izchil davom ettiramiz.
Yaxshi bilasizlar, 2020 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirgan edik. Bu – 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trillion so‘m mablag‘ qoladi, degani.
Endi, zarur tayyorgarlik ko‘rgan holda, 2023 yildan boshlab, ushbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter