Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘tgan yili qancha sut va go‘sht yetishtirilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda o‘tgan yili qancha sut va go‘sht yetishtirilgani ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

AOKAda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zbekchorvanasl» agentligi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda aytilishicha, bugungi kunda respublikada yillik 2,6 mln tonna sutni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 1 218 ta sutni qayta ishlovchi korxonalar mavjud. Ushbu korxonalar tomonidan 2021-yilda 3 215,8 mlrd so‘mlik 650,2 ming tonna tayyor sut mahsulot ishlab chiqarilgan.

2021 yilda 11,3 mln tonna sut yetishtirilgan bo‘lsa, shundan qayta ishlash quvvatlari 23,6 foizni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 45 foiz.

Xududlarda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 2022 yil yakuniga qadar loyiha qiymati 252,2 mlrd so‘m bo‘lgan 95 ming tonna quvvatga ega 66 ta loyihalar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun 2021 yilda 4 684,2 tonna, 14 513 ming doll sut mahsulotlari import qilingan

Qayta ishlash korxonalari tomonidan o‘tgan yilda 113,1 ming tonna 5 564,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

2021 yilda 2,6 mln tonna tirik vazndagi go‘sht yetishtirilgan bo‘lsa, shundan qayta ishlash quvvatlari 22,6 foizni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 49,6 foiz.

Shundan, qayta ishlash darajasi Jizzax (4,6 foiz), Navoiy (2,2foiz), Farg‘ona (9,2foiz), Namangan (17foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6foiz) o‘rtacha ko‘rsatkichga etkazildi.

Ma’lumot uchun 2021 yilda 535,4 tonna, 3 115,1 ming doll go‘sht mahsulotlari import qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring