Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kollektorlik faoliyati joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda kollektorlik faoliyati joriy etilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagilar kreditorlar talablarini qanoatlantirish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

- garovga oluvchi – kreditorlarning garovdagi mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlash;

- kreditorlar talablarini suddan tashqari tartibda qanoatlantirish tizimini rivojlantirish;

- majburiyatlarni garovdagi mol-mulk hisobidan qanoatlantirish tizimini soddalashtirish.

Qayd etilishicha, Markaziy bank muddati o‘tgan qarzdorliklarning uchinchi shaxslar tomonidan undirilishini (kollektorlik faoliyatini) tartibga solish bo‘yicha ilg‘or xorij amaliyotini o‘rganib, uni respublikada joriy etish yuzasidan Prezident Administratsiyasiga taklif kiritadi.

Shuningdek, kredit qarzdorliklarini undirishning har bir bosqichini kuzatib borish imkonini beradigan onlayn platforma faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring