Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

BAAning «Masdar» kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida «Goldwind» kompaniyasining (XXR) birinchi 4,7MVtli turbinasi o‘rnatildi.

Uning balandligi 97 metr, shamol parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi.

Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasiga aylanadi.

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring