O‘zbekistonda erkin konvertatsiya naqd pul muomalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017-yilgi naqd pul muomalasi bo‘yicha sharhni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 2017 yilning birinchi yarmi davomida tijorat banklari kassalaridan naqd pul chiqimlarining umumiy hajmi bank kassalariga kelib tushgan naqd pul miqdoriga nisbatan sezilarli darajada ko‘proq bo‘lgan.
Xususan, yanvar–iyun oylari davomida bank kassalariga 11,8 trln. so‘m naqd pul tushgan bo‘lsa, bank kassalaridan amalga oshirilgan chiqim 17,1 trln. so‘mni tashkil etgan.
2017-yilning sentyabr oyidan boshlab xorijiy valyutani sotish va xarid qilishning erkinlashtirilishi naqd pul muomalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Naqd pullarning bank tizimi orqali aylanishi ko‘payishi va bankdan tashqari muomaladagi naqd pul miqdorining bosqichma-bosqich qisqarishi kuzatildi.
O‘tgan yil iyul–dekabr oylarida bank kassalariga 27,7 trln. so‘m naqd pul tushgan bo‘lsa, bank kassalaridan amalga oshirilgan chiqim 28,6 trln. so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter