Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng ko‘p korxona qaysi hududlarda ochilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda eng ko‘p korxona qaysi hududlarda ochilayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-avgust oyida 62 523 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

Ushbu davrda hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni:

Toshkent shahri – 11 505 ta

Samarqand viloyati – 5 862 ta

Farg‘ona viloyati – 5 758 ta

Toshkent viloyati – 4 954 ta

Qashqadaryo viloyati – 4 706 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 4 696 ta

Xorazm viloyati – 4 535 ta

Buxoro viloyati – 4 153 ta

Namangan viloyati – 3 360 ta

Andijon viloyati – 3 094 ta

Jizzax viloyati – 3 017 ta

Navoiy viloyati– 2 812 ta

Surxondaryo viloyati – 2 444 ta

Sirdaryo viloyati – 1 627 ta.

Avvalroq o‘zbekistonliklar turistik xizmatlarga 377 milliard so‘m sarflagani ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring