Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xorijga olma sotishni ko‘paytirdi

O‘zbekiston xorijga olma sotishni ko‘paytirdi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan.

Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 12,6 ming tonna

- Rossiya – 4,2 ming tonna

- Qirg‘iz R. – 1,5 ming tonna

- Turkmaniston – 163 tonna

2022-yilning 10 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:

— Farg‘ona viloyati – 5 ming tonna

— Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna

— Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring