O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara bojxona punktlari ochildi
O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» (Qozog‘iston tomonidan — «Sirdaryo») va «Oqoltin» (Qozog‘iston tomonidan — «Selinniy») chegara bojxona punktlari faoliyati 12 iyul kunidan boshlab qayta tiklandi.
Ushbu punktlar faqat kunning yorug‘ vaqtida faoliyat olib borib, ular orqali yengil turdagi avtotransport vositalari va fuqarolar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati pandemiya sababli 2020 yil mart oyidan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter