O‘zbekiston – Fransiya yillik tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 2024-yilda 1,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 135,9 million AQSh dollariga yoki 13,6 foizga o‘sgan.
TSA tarkibida eksport hajmi 795,1 mln AQSh dollari, import hajmi 336,2 million AQSh dollariga yetgan.
Eksport tarkibi (2024-yil, AQSh dollarida):
- Kimyoviy vositalar — 773,3 mln
- Xizmatlar — 7,9 mln
- Turli tayyor buyumlar — 4,2 mln.
Import tarkibi (2024-yil, AQSh dollarida):
- Kimyoviy vositalar — 161,8 mln
- Mashinalar va transport uskunalari — 89,4 mln
- Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 46,6 mln.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter