O‘zbekiston MDHning umumiy intellektual mulk bozoriga qo‘shiladi
Prezidentning 2018-yil 14-noyabrdagi qarori bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim (2018-yil 1-iyun, Dushanbe) tasdiqlandi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.
Intellektual mulk agentligi bitim doirasida O‘zbekistonning markaziy vakolatli organi etib belgilandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi ham xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan o‘zlariga taalluqli qismi bo‘yicha mas’ul hisoblanadilar.
Ishtirokchilar hamkorlikni rivojlantirishga ahdlashib olgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardir: sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlar qiymatini baholash tizimlarini rivojlantirish va ularni boshqarish, shuningdek huquqlarni tijoratlashtirish davlatlararo mexanizmlarini ishga solish.
Bitim taraflarining birgalikdagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish masalalari bo‘yicha davlatlararo kengash tashkil etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2018-yil 14-noyabrdan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter