Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasini isloh qilish vaqti keldi – Prezident

O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasini isloh qilish vaqti keldi – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent shahri, Uchtepa tumanida faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar qatorida O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

– Yillar davomida ko‘plab sohalarda yetarlicha samarali ishlay olmadik. Masalan, O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasini ham isloh qilish vaqti keldi.

Kompaniya erkin, ochiq va raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Xozir uning aviaparkida 30 ga yaqin samolyot bor. Samolyotlar sonini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, narxlarni arzonlashtirish va nafaqat mahalliy reyslar, balki xalqaro yo‘nalishlarda ham raqobatbardosh bo‘lish lozim.

Havo yo‘llari erkin va ochiq ishlashga o‘tadi. Xalqimiz kutgandek arzon va xavfsiz aviakompaniya tashkil etiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring