Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z maqsadiga erishgan tadbirkor

O‘z maqsadiga erishgan tadbirkor

Abdulatif aka 30 yillik tajribaga ega shifokor. Shaxsiy klinikasi bo‘lishini maqsad qildi va erishdi.

Abdulatif Ahmedov 1995 yilda ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Shundan buyon tibbiyot sohasida faoliyat yuritib keladi.

«2000-yillarda xususiy faoliyatimni boshlaganman. Avvaliga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida bir xonada bitta UZI apparati bilan ish boshlaganman. 2022 yilda «Mikrokreditbank» bilan hamkorligimizni boshlagan edik. O‘sha yili bankdan  faoliyatimizni kengaytirish maqsadida tibbiy jihozlar uchun kredit olganman. Stomatologik uskunalar, rentgen jihozlari olishimiz natijasida, tibbiy xizmatlarimizni ancha kengaytirganmiz. Bemorlar bizdan mamnun. Xizmatlarimizni yanada yaxshilash niyatimiz bor. Hamkorlik davomida shunga amin bo‘ldimki, «Mikrokreditbank» ishonchli banklardan biri ekan», deydi shifokor.

MKBANK bilan hammasi oson.

Siz hozir ham qo‘limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, bunda biz Sizni qo‘llab-quvvatlaymiz!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring