«Ikki oyda 37.3 mlrd. so‘m» — OKMK yuqori natijalarni qayd etdi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2022 yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra 63 loyiha bo‘yicha 37.3 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, rejaga nisbatan o‘sish sur’ati 126.0 foizni tashkil etdi. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar bermoqda.
Reja bo‘yicha mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 29,6 mlrd. so‘m etib belgilangan edi. 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 128,6 foiz bo‘ldi.
Dastur ijrosi bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning korxonalar kesimida oladigan bo‘lsak, o‘tgan ikki oyda Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida 14,3 mlrd. so‘mlik mahsulot tayyorlangan.
Nodir metallar va Qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 12,8 mlrd. so‘mlik, Rux zavodi tomonidan esa 6,7 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
E’tiborli jihati, dastur doirasida ishlab chiqarilgan texnik rux sulfati eksport qilinmoqda. O‘tgan davrda 126,7 ming.dollarlik texnik rux sulfati eksport qilingan.
2022 yilning birinchi chorak yakuniga ko‘ra, mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 52,7 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish hamja reja-ko‘rsatkichlarini kamida 117 foizga oshirishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Importni qisqartirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish borasida ham samarali ishlar amalga oshirib kelinayapti. Xususan, joriy yilning yanvar-fevral holatiga ko‘ra, OKMK sanoat ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun kooperatsion portal orqali 383 ta shartnoma tuzilib, umumiy qiymati 97,9 mlrd. so‘mlik mahsulotlar harid qilindi.
Importni qisqartirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish (kooperatsiya) doirasida 2022 yilda 45 loyiha bo‘yicha 470,5 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning o‘tgan ikki oyida 140,2 mlrd. so‘mlik mahsulotlar harid qilindi. Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, 181,0 mlrd. so‘mlik mahsulotlar harid qilinishi kutilmoqda (101.0 %).
2022 yilda hududiy va tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida faol ishtirok etishni davom ettirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya shartnomalarining umumiy qiymatini 600 mlrd. so‘mga yetkazilishini ta’minlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi «Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha «Olmaliq KMK» AJda 2022 yilda 97 loyiha doirasida 208,7 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish prognozi tasdiqlangan. Ushbu loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter