Yana bir bank xorijiy valyutani naqdlashtirish imkoniyatini taqdim etdi
O‘zbekistonliklar 1 apreldan konversion kartalardagi pullarini banklar orqali naqdlashtirib olish imkoniga ega bo‘lishgani haqida xabar bergan edik. Aprel oyining birinchi ish kunidan naqd xorijiy valyuta chindan ham berilayaptimi-yo‘qmi, bunga «Xabar.uz» aniqlik kiritdi.
O‘zbekiston banklari birin-ketin ushbu xizmatni joriy qilishmoqda. Bugun, 3-aprel kuni AT «Aloqabank» ham konversion kartadagi mablag‘larni bankning istalgan filialida yechib olish imkoniyati paydo bo‘lganini e’lon qildi.
«Mablag‘larni chet el yoki milliy valyutada naqdlashingiz mumkin. AT «Aloqabank» tomonidan chiqarilgan kartalardan bankning terminallari va bankomatlaridan yechilgan hollarda komissiya — 0,3 foiz», deyiladi «Aloqabank» telegram kanalida berilgan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter