Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muvaffaqiyatingizni ta’minlashga Prezident sifatida kafolat bermoqchiman— Shavkat Mirziyoyev

Muvaffaqiyatingizni ta’minlashga Prezident sifatida kafolat bermoqchiman— Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari nutqining yakunida xorijdan kelgan investorlarga samimiy murojaat qildi.

— Mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni ta’minlash, barcha ishlaringiz yaxshi ketishiga Prezident sifatida kafolat bermoqchiman.

Bu gaplarni nima uchun aytmoqdaman? Besh yil deganda birinchi marta shunday forum o‘tkazyapmiz, bitta ma’ruza davomida hamma gapni aytib bo‘lmaydi. Biz tadbirkorga erkin ishlashi uchun ko‘p erkinliklar bermoqdamiz.

Biz avvalo investitsiya uchun muhit, zamin yaratdik va shundan keyin sizni taklif qildik. Dunyodagi og‘ir vaziyatga qaramasdan O‘zbekistonga kelganingiz bizga katta kuch beradi va zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.

Biz — davlat bo‘lib, men — prezident sifatida sizga katta sharoit yaratamiz. Bunga aslo shubha qilmang. Bu kunga yetgunga qadar ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik.

Bizning dunyoqarashimiz kechagidan mutlaqo boshqacha. Albatta ko‘p ishlashimiz kerak, hali kamchiliklarimiz ko‘p. Biz siz bilan muloqot qilib, bu kamchiliklarni bartaraf etamiz. Agar lozim bo‘lsa qonunlarimizni ham o‘zgartiramiz.

Sizning O‘zbekistondagi faoliyatingizning o‘z ijobiy tarixi bo‘ladi. Bizning hamkorligimiz ikki tomonlama manfaat olib kelishiga ishonaman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring