Muomaladagi naqd pul miqdori kamaygani qayd etildi
![Muomaladagi naqd pul miqdori kamaygani qayd etildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2612658574.jpg)
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jami pul massasi noyabr oyida 5,9 trillion so‘mga ortib, 1-dekabr holatiga 177,2 trillion so‘mga yetgan.
Bunda milliy valyutadagi boshqa depozitlar qoldig‘i 3,8 trillion so‘mga va chet el valyutasidagi depozitlar qoldig‘i 5,5 trillion so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, tor ma’nodagi pul massasi 3,4 trillion so‘mga qisqargan.
Xususan, noyabr oyida naqd pullar 2,4 trillion so‘mga kamayib, muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldig‘i 1-dekabr holatiga 41,3 trillion so‘mni tashkil etgan.
Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldig‘i 12,7 trillion so‘mga ko‘paygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter