Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligi aholi e’tirozini bartaraf etishga kirishdi

Moliya vazirligi aholi e’tirozini bartaraf etishga kirishdi

Foto: «Zamin.uz»

Respublikamizning barcha hududlarida budjet mablag‘lari hisobidan maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va sog‘liqni saqlash muassasalari qurilmoqda, rekonstruksiya qilinib, kapital ta’mirlanmoqda.

Ammo, bunday muassasalarning qurilishiga yoki rekonstruksiya va kapital ta’mirlashga qanchalik zarurat borligi yoki ularning holati yetarlicha o‘rganilmasdan Davlat dasturlariga kiritilishi aholining ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotir.

Ushbu holatlarning oldini olish, muassasalarni tanlashda shaffoflikni ta’minlash maqsadida dasturlarni shakllantirishning yangi tartibini ishlab chiqish dolzarb vazifadir.

Shuni hisobga olgan holda Moliya vazirligi so‘rovnoma e’lon qildi:

1-variant: Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini budjet mablag‘lari hisobidan qurish va ta’mirlash ishlarini davlat dasturiga kiritilishining amaldagi tartibini saqlab qolish.

Ya’ni, muassasalarni dasturga kiritish bo‘yicha takliflar, dastlab ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining tuman(shahar) bo‘linmalari tomonidan shakllantirilib viloyat boshqarmalariga taqdim etiladi. Ushbu dastur viloyat hokimliklari darajasida o‘rganilib, tegishliligi bo‘yicha respublika darajasidagi vazirliklarga taqdim etiladi va ularning xulosalariga asosan yakuniy dastur shakllantiriladi.

2-variant: Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini dasturga kiritish ushbu muassasalarning tuman(shahar) bo‘linmalari, hududiy sektorlar (tuman (shahar) hokimlari, ichki ishlar bo‘limi boshliqlari, prokurorlari, davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari) rahbarlari tomonidan takliflar tayyorlanadi.

Mazkur takliflar viloyatning tegishli boshqarmalari va viloyat miqyosidagi hududiy sektor rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqilib tegishliligi bo‘yicha respublika darajasidagi vazirliklarga taqdim etiladi va ularning xulosalariga asosan yakuniy dastur shakllantiriladi.

3-variant: Sizning variantingiz?

Variantingizni ko‘rsatgan holda o‘z taklif va mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin. Taklif va mulohazalaringiz uchun oldindan minnatdormiz, deyiladi vazirlik so‘rovnomasida.

So‘rov 2018-yilning 10-mayiga qadar o‘tkaziladi.


Vazirlik ushbu so‘rovnoma yuzasidan taklif va mulohazalar qay tartibda va shaklda yuborilishi lozimligiga oydinlik kiritmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring