Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MKBANKning Toshkent shahar Boshqarmasi ochildi

MKBANKning Toshkent shahar Boshqarmasi ochildi

Joriy yilning 4 sentyabr kuni Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining Toshkent shahar Boshqarmasi yangidan ish boshladi.

«Mikrokreditbank» ATB – kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam ta’minlanganlarni qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun moliyaviy mablag‘lar ajratib kelmoqda.

Toshkent shahrida yangi va zamonaviy Boshqarma ochilishi esa, hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholiga qulay bank xizmatlarini taklif qilish imkoniyatini beradi.

Poytaxt markazida joylashgan Toshkent shahar Boshqarmasi tarkibida 2 ta Bank xizmatlari ofisi, 3 ta Bank xizmatlari markazi hamda 33 ta bankomat orqali aholiga barcha bank xizmatlari taqdim etiladi.

Boshqarmada tadbirkorlar uchun alohida imtiyozlar berilgan bo‘lib, unga ko‘ra keyingi 6 oy davomida:

  • hisobvaraqdan mablag‘ o‘tkazish 6 oy davomida bepul amalga oshiriladi;
  • to‘lov terminallaridan (Humo, Uzcard) bepul foydalaniladi;
  • korporativ bank kartalarini bepul beriladi.

Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 110-uy

Ma’lumot uchun, «Mikrokreditbank» ATBning hududlardan jami 59 ta filiali, 12 ta Bank xizmatlari ofisi, 75 ta Bank xizmatlari markazi, 300 dan ortiq valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari, 164 ta maxsus kassa, 260 ta 24/7 rejimida ishlovchi bo‘limlari orqali aholiga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda 310 mingga yaqin yuridik va 1 483 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga bankimiz xizmatidan doimiy foydalanib kelishmoqda.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring