Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Londondagi nufuzli ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

Londondagi nufuzli ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

Silk Road Samarkand sayyohlik markazi va Rocket DMC Uzbekistan turistik kompaniyasi shu kunlarda Londonda 6-8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan World Travel Market ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ushbu ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilyapti.

Yurtimizda so‘nggi yillarda turizm sohasi barqaror ravishda yildan yilga rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston stendida ko‘rgazma mehmonlari va ishtirokchilariga shahar va go‘shalarimizning turizm imkoniyatlari keng ochib berilyapti. E’tiborli tomoni, Silk Road Samarkand sayyohlik markazi va Rocket DMC Uzbekistan tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazma katta qiziqishga sabab bo‘ldi, xususan, birinchi kunning o‘zida stendga 500 dan ortiq odam tashrif buyurdi.

Ushbu qiziqish dunyoning yirik sayyohlik kompaniyalari bilan bir qatorda Silk Road Samarkand majmuasini yoritish istagini bildirgan jurnalist va blogerlar orasida ham kuzatilmoqda. Katta auditoriyaga ega OAV va blogerlar O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

World Travel Market (WTM) dunyodagi sayohat va turizm sohasidagi eng nufuzli tadbir hisoblanadi. Ko‘rgazma xalqaro sayyohlar hamjamiyatini birlashtiradi va unda turizm sohasida mutaxassis tayyorlash, qidirish va qiyosiy tahlil qilish imkoniyati ta’minlanib, turizm ko‘lamini xalqaro maydonda namoyish etish mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring