Bugundan boshlab konversion kartalardagi valyutani naqd pul shaklida yechib olish mumkin
O‘zbekistonliklar 1-apreldan konversion kartalardagi pullarini banklar orqali naqdlashtirib olishlari mumkin. Bir kunda yechib olish mumkin bo‘lgan valyuta miqdori tijorat banklari tomonidan belgilanadi.
Bir nechta banklarda cheklovlar yo‘qligini aytishgan, agar konversion kartadan ko‘proq pul yechish kerak bo‘lsa, bank naqd chet el valyutasidagi zarur summani tayyorlab qo‘yishi uchun, oldindan xabar berib qo‘yish kifoya. Biroq «Spot.uz»ning xabar berishicha, «InfinBank»da 1 apreldan bir kishi uchun belgilangan kassa limiti 5 ming dollarni tashkil etadi.
Valyutani naqd ko‘rinishda olish haqidagi qaror Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mart oyida imzolangan edi. Shuningdek, 1-iyulga qadar O‘zbekiston hududida barcha to‘lov terminallari nafaqat multivalyuta tartibida ishlay boshlaydi. Ya’ni ular nafaqat Uzkard tizimidagi balkim xorijiy banklar tomonidan chiqarilgan bank kartalarini ham qabul qila boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida xorijiy valyutada hisob-kitob qilish ta’qiqlangan. O‘tgan yilning 5 sentyabridan boshlab valyutani erkin ayrboshlan boshlangan edi, lekin sotib olingan xorijiy valyuta fuqarolarga naqd ko‘rinishda emas bank kartalari hisob-raqamlariga o‘tkazib berilayotgan edi. Ushbu valyutadan fuqarolar xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter