Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifi keskin oshdi

Italiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifi keskin oshdi

Foto: Xabar.uz

2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 23 352 nafar  Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi. 

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 468 nafarga yoki 3 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

— dam olish (turizm) – 20 557 nafar

— qarindoshlarni yo‘qlash – 1 513 nafar

— xizmat yuzasidan – 1 195 nafar

— o‘qish maqsadida – 71 nafar

— tijorat – 16 nafar

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring