Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka-bank: bank sarmoyalari baliqchilik sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda

Ipoteka-bank: bank sarmoyalari baliqchilik sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda yetti xazinaning biri baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish borasida «Ipoteka-bank» ATIB tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 3800 dan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar baliqchilik faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shundan, 3000 dan ortiq baliqchilik xo‘jaliklariga Ipoteka-bank filiallari tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Ipoteka-bank tomonidan moliyalashtirilgan baliqchilik xo‘jaliklari jadal rivojlanib kelmoqda va sezilarli natijalar qo‘lga kiritib kelinmoqda.

Xususan, 2017-2020-yillar davomida baliqchilik yo‘nalishidagi jami 3273 ta loyihalarga 1 728,2 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, natijada 6748 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, birgina 2020 yilda 758 ta loyihaga 576,9 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi hamda ushbu loyihalar orqali ikki mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida joriy yilning 17 iyul kuni bir qator OAVlari va blogerlar bilan birgalikda Toshkent viloyatida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan baliqchilik xo‘jaliklari bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Birinchi manzil Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan Toshkent viloyati suv omborida o‘z faoliyatini tashkil etgan «SAIDOVUL» fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Ushbu loyihani tashkil etish uchun Ipoteka-bank tomonidan 10 mlrd.smo‘dan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan.

Loyihaning jami qiymati 17,2 mlrd.so‘m bo‘lib, shundan ajratilgan bank krediti 10,7 mlrd.so‘m, ko‘rsatilgan lizing xizmati 4,1 mlrd.so‘m shundan:

- 2018-yilda kredit mablag‘lari 1270 mln.so‘mni (aylanma mablag‘), lizing xizmati 816,8 mln.so‘mni;

- 2019-yilda kredit mablag‘lari 4450 mln.so‘mni (aylanma mablag‘), lizing xizmati 1123,8 mln.so‘mni;

- 2020-yilda kredit mablag‘lari 5000 mln.so‘mni (aylanma mablag‘), lizing xizmati 2173,6 mln.so‘mni tashkil etgan.

Fermer xo‘jaligi tomonidan Toshkent suv omborida qafas (sadok) usulida karp baliqlarini yetishtirish tashkil etilgan.

Xo‘jalik tomonidan 2018-2020-yillar davomida sadok usulida baliq yetishtirishni tashkil etish uchun sadok uskunalari o‘rnatilgan hamda baliq chavoqlari va omuxta yem sotib olingan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi vaqtga kelib 146 ta sadok uskunalari o‘rnatilgan. Hozirda baliqchilik xo‘jaligi tomonidan yillik mahsulot hajmini 400 tonnaga qadar yetkazish rejalashtirilgan.

Xo‘jalik rahbari Salyamov Sanjar aka ommaviy axborot vositalari va blogerlarga sadok usulida baliq yetishtirish sirlari hamda xo‘jalik faoliyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek u tashrif buyurganlarning qiziqtirgan boshqa savollarga ham javob berib o‘tdi.

Press-turning navbatdagi manzili O‘rtachirchiq tumani O‘rtasaroy QFYda joylashgan «GOLDEN FISH GROUP» MChJ bo‘ldi.

Korxona rahbari Lagutin Sergey Valentinovich tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari va blogerlarga boshchilik qilib, yetishtirilayotgan noyob baliq turlari va korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Ushbu korxona faoliyati noyob baliq (osyotr, losos, forel) turlarini intensiv hamda yopiq suv aylanma tizimi (UZV)da yetishtirish, inkubatsion sexda baliq lichinkalari ishlab chiqarish, baliqni qayta ishlash, baliq ikrasi ishlab chiqarish hamda ekoturizm yo‘nalishlari tashkil etishga qaratilgan.

Bank tomonidan korxonani moliyaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida, Ipoteka-bank tomonidan 33 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratilgan.

Ushbu loyihaning jami qiymati 54,3 mlrd.so‘m bo‘lib, shundan ajratilgan bank krediti 33,7 mlrd.so‘m, shundan:

- 2017-yilda loyiha qiymati 10,1 mlrd.so‘m, bank krediti 7 mlrd.so‘m;

- 2018-yilda loyiha qiymati 5,5 mlrd.so‘m, bank krediti 4,5 mlrd.so‘m (500 ming Yevro);

- 2019-yilda loyiha qiymati 38,7 mlrd.so‘m, bank kredit 22,2 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

«GOLDEN FISH GROUP» MChJ o‘z faoliyatini 40,9 gektar yer maydonida joylashgan hovuz va bino-inshootlarda amalga oshiradi.

Korxona tomonidan

- intensiv basseynlarda osyotr yetishtirish – 400 tonna;

- ikra ishlab chiqarish – qora ikra 0,5 tonna, qizil ikra 5 tonna;

- inkubatsion sexda baliq lichinkalari ishlab chiqarish - 1 mln.dona (osyotr va losos turkumiga mansub baliq lichinkalari);

- qayta ishlash – 100 tonna (tayyor va yarim tayyor baliq maxsulotlari - kotlet, farsh, dudlangan baliq);

- muzlatkich omborxona – hajmi 30 tonna;

- sadok usulida baliq yetishtirish – 60 dan ziyot turli o‘lchamdagi sadoklarda 700 tonna losos oilasiga mansub baliqlar yetishtirish;

- ekoturizm yo‘nalishida – 20 gektar maydonda baliq ovlash, ot sporti, tennis maydonlari tashkil etilgan.

Hozirgi kunda korxona umumiy hajmi 9760 m2 maydonda joylashgan beton basseynlarda 400 tonna osyotr (1kg-6 kg.gacha bo‘lgan) baliqlari yetishtirilmoqda (1 m2  maydonga o‘rtacha 40 kg to‘g‘ri kelmoqda, me’yor bo‘yicha o‘rtacha 50 kg). Ushbu osyotr baliqlari asosan qora ikra uchun parvarishlanadi hamda 1 ta osyotr balig‘idan vazniga nisbatan 20 foiz qora ikra olinib, ichki bozorga qayta ishlangan holda taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring