Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ilgari bu maxfiy edi». O‘zbekistonda qancha gaz zaxirasi borligi aytildi

«Ilgari bu maxfiy edi». O‘zbekistonda qancha gaz zaxirasi borligi aytildi

O‘zbekistonda gaz zaxirasi qancha degan savol ilgari maxfiy edi, endi bemalol gapirish mumkin, dedi «O‘zbekneftgaz» AJ raisi Bahodirjon Sidiqov.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi konlarda 933 mlrd kub tasdiqlangan gaz zaxirasi bor, bu umumiy gaz zaxirasining yarmi. Shuningdek, gaz qazib chiqarishda ishtirok etayotgan boshqa kompaniyalar ixtiyoridagi konlarda ham yana shuncha gaz zaxirasi mavjud.

«Ammo bu bilan ish to‘xtab qolgani yo‘q, geologiya-razvedka ishlari olib borilmoqda. Butun dunyoda bo‘lgani kabi biz ham yer tagiga chuqurroq tushib, yangi gaz zaxiralarini ochishga harakat qilmoqdamiz. Nasib qilsa yaqin vaqtlar ichida yaxshi yangiliklar bilan xalqimizni xursand qilamiz. Hozir olib borilayotgan katta ishlar natijasi dekabr oyida ma’lum bo‘lishi kerak, natija yaxshi bo‘lishini kutmoqdamiz», dedi «O‘zbekneftgaz» rahbari.

Avvalroq O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi oshirilishi aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring