Huawei kompaniyasi va Energetika vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikka qaratilgan anglashuv memorandumini imzoladi.
Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay va Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmedxadjayev tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Memorandumda belgilangan hamkorlikning asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasida energetika sohasini rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya sohasida loyihalarni amalga oshirishda raqamli yechimlarni joriy etish bo‘ldi. Shuningdek, memorandumda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va maslahat yordamini ko‘rsatish, shu bilan birga, tajriba almashish va soha mutaxassislarining raqamli ko‘nikmalarini oshirish ko‘zda tutilgan.
“Kam uglerodli “yashil” texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari uchun eng muhim vazifa bo‘lib, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va uglerod neytralligiga erishish maqsadlari butun jahon hamjamiyatining oldida turibdi. Energetika sohasida integratsiyalashgan aqlli energiya yechimlarini qo‘llash orqali ishlab chiqarishda elektr energiyasini ekologik toza ishlab chiqarishga erishish, sanoatni, transport sektorini, fuqarolik energetikasini yashil elektrlashtirishni joriy yetish va energiyadan samarali foydalanishga erishish.
AKT sohasida biz O‘zbekistonda uglerod neytralligiga erishish jarayonini tezlashtirishimiz mumkin. Biz Huawei kompaniyasi tomonidan raqamli va yenergetika texnologiyalarini integratsiyalash bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashishga va Respublikada toza energiyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz”, — dedi janob Chen Szyakay.
Uchrashuvda tomonlar sanoat hamkorlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Huawei Digital Power bo‘limi asosiy e’tiborni raqamli energiyani rivojlantirishga qaratadi. 2021 yilda mijozlar Huawei Digital Power yechimlari asosida 482,9 milliard kVt/soat yashil energiya ishlab chiqardi, bu esa 14,2 milliard kVt/soat elektr energiyasini tejash va CO2 emissiyasini 230 million tonnaga qisqartirish imkonini berdi, bu 320 million daraxt ekishga teng. 28-29 iyul kunlari Huawei Digital Power kompaniyasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va yangi imkoniyatlar” respublika ko‘rgazmasida o‘z yechimlarini taqdim etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter