Farg‘ona hokimi Namangan ahlini tabrikladi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov namanganlik paxtakorlarni yillik shartnoma majburiyatini bajargani bilan tabrikladi.
«Qadrli, mehnatkash, zahmatkash, lafzi halol namanganliklar!
Siz qadrdonlarni shu kunlarda o‘ta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingiz evaziga 200 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, shartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklayman.
Bu yilgi mavsumda pandemiya sharoitida vujudga kelgan murakkab muammo va qiyinchiliklarga qaramay har qachongidan ham ko‘proq kuch va imkoniyatlarni safarbar etib, ishni oqilona va samarali tashkil etib, o‘zini ayamasdan jonbozlik ko‘rsatgan barcha hokimlar boshchiligidagi sektor rahbarlari, klasterlarga, fermer va dehqonlarimizga, suvchi va mexanizatorlarga, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mutaxassis va mutasaddilariga, ko‘pni ko‘rgan oqsoqol faxriylarimizga minnatdorlik bildiraman va barchangizni bag‘rimga bosib qolaman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik-salomatlik, mas’uliyatli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Namanganimiz xirmoni yuksalaversin!» — deyiladi Xayrullo Bozorov tabrigida.
O‘z navbatida, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov farg‘onaliklar va Xayrullo Bozorovga tabrik uchun minnatdorlik bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter