Yevropaga olib chiqadigan temir yo‘l qurilishi qanchaga tushadi?
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘l qurilishiga taxminan 3-4 mlrd. dollar sarflanadi. Bu haqda «Qirg‘iz temir yo‘li» kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i Ulan Kulov ma’lum qildi.
Ushbu temir yo‘l liniyasi Osiyo-Tinch okeani va Markaziy Osiyo, keyin esa Yaqin Sharq va Janubiy Yevropaga olib chiqadigan yangi yo‘lak vazifasini o‘tab beradi. Kulovning aytishicha, loyiha juda qimmat va Qirg‘iziston uni moliyalashtirish uchun mablag‘ topish ustida bosh qotiryapti.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li orqali yiliga 7 mln. tonnadan 13 mln. tonnagacha yuk olib o‘tilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter