Endilikda fermer va dehqonlar kengashga majburiy a’zo qilinadi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonun bilan Yer kodeksiga yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.
Jumladan, qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganda unga bo‘lgan huquq bekor qilinadi. Ilgari bu davr 3 yil edi. (Mazkur norma uch oydan so‘ng kuchga kiradi.)
Endilikda, fermer yoki dehqonlarning O‘zbekiston dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiy etib belgilandi. Bunda a’zolik tugatilganda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ham bekor qilinadi.
Kengashlar uylarni aylanib chiqish orqali dehqon xo‘jaliklarining yerdan hamda tomorqadan samarali foydalanilishini monitoring qiladi.
Shuningdek, Kengashlar fermer, dehqon xo‘jaliklariga hamda tomorqa egalariga yerdan samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatma berishga haqli.
Uy-joy kodeksiga kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, turar joy mulkdori farzandlarining er-xotini ham uning oila a’zolari qatoriga kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter