Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda faqat bir ayol qolsa ham, zargarga ish topiladi

Dunyoda faqat bir ayol qolsa ham, zargarga ish topiladi

Zargarlik mahsulotlari butun dunyoda talab yuqori bo‘lgan tovarlardan ekani sir emas. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, jahon zargarlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi yiliga 5-6 foizga o‘sayotgani, tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oshayotgani sohaning ulkan eksport salohiyatidan dalolat.

Zargarlikning ko‘p asrlik an’analarini tiklash, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishi va samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 23-dekabr kuni «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-452-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida bugungi kunda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga yillik 14 foiz stavkada, 36 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratib kelinmoqda.

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki tizimida ham yuqoridagi topshiriq bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bank moliyaviy ko‘magida tadbirkorlarga zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va bu boradagi faoliyatlarini kengaytirishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Mana shunday tadbirkorlardan biri – Komila Maxmarova. Joriy yil mart oyida o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida «Mikrokreditbank»dan yillik 14% stavkada 3 yil muddatga 85 mln. so‘m kredit olgan ayol, bugungi kunda mahalliy bozorni zargarlik buyumlari bilan ta’minlamoqda.

– Ayni damda mazkur sohaning barcha sir-asrorlarini o‘rgatish maqsadida ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘ymoqdaman, – deydi tadbirkor. – Kelgusida eng kamida 5 ta ish o‘rni yaratib, ayollarimiz buyurtmalariga asosan ichki bozorni ta’minlash va nasib qilsa, mahsulotlarimizni chet elga eksport qilish niyatimiz ham bor.

Ish faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida zaruriy texnikalar sotib olish uchun bankdan kredit olgan yana bir tadbirkor – Umida Karimovaning ta’kidlashicha, bugungi kunda ayollarimiz ko‘proq individual zargarlik buyumlari yasatishga va o‘ziga xos dizayndagi zeb-ziynat buyumlariga buyurtma berishga qiziqish bildirishmoqda.

Avvalambor, eng zaruriy vaqtda meni qo‘llab-quvvatlagan «Mikrokreditbank»ka minnatdorchilik bildirmoqchiman, – deydi navoiylik tadbirkor Rustam Mardonov.Kichkinagina tadbirkorlik faoliyatimni kengaytirish maqsadida joriy yil may oyida bankdan 32,5 mln kredit oldim va zaruriy texnikalarni xarid qilib ish o‘rnini ham kengaytirdim. Kelgusida o‘z mahsulotlarimni jahon bozoriga ham olib chiqish niyatim bor.

«Mikrokreditbank» tomonidan mazkur sohani yanada rivojlantirish hamda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring