Dollar va yevro kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 15-oktyabridan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan +21,90 so‘mga oshib, 9 455,24 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi esa bu safar ham ko‘tarildi (+ 84,55) va bir yevro 10 438,58 so‘m etib belgilandi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter