O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ xalqaro tashkilotlar bilan 507,4 mln dollar qiymatida shartnomalar imzoladi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ xalqaro kompaniya va tashkilotlar bilan 507,4 mln AQSh dollari qiymatidagi shartnomalarni imzolanishiga erishdi.
O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar o‘z natijasini berib, amalda shartnomalar imzolanib, tomonlar o‘zaro ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga erishishdi.
Jumladan, Forumning ikkinchi kunida «Barclays» (Buyu Britaniya), «CITI» (AQSh), «Santander bank» (Ispaniya) va «Haldor Topsoe» (Daniya) kompaniyalari vakillari bilan bilan muzokaralar o‘tkazildi.
«Barclays» xalqaro bankining savdo bo‘yicha direktori I.Nikitin bilan investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, 200 mln dollargacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirish jalb qilish taklifi bildirilib, bu bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Forumda «Haldore Topsoe» kompaniyasi bilan oltingugurt chiqindilarini tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish va letsinziyalash masalalari bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shuningdek, neft va gazni qayta ishlash korxonalari bilan hamkorlik qiluvchi «Honeywell UOP» xalqaro kompaniyasi vakillari bilan 6,1 mln dollar qiymatidagi shartnoma imzolandi.
«Gazovie Turbini Injiniring» kompaniyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida esa, 1,3 mln dollar qiymatidagi gazturbinali dvigatellarni kapital ta’mirlashga doir shartnoma imzolandi.
«MUFG» banki vakili bilan o‘tkazilgan uchrashuv va olib borilgan muzokaralara natijasi ijobiy yakunlandi. «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va turli korporativ ehtiyojlarni moliyalashtirish masalasi «MUFG» banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.
Natijada, «O‘zbekneftgaz» AJ va «MUFG» banki o‘rtasida 500,0 mln dollar qiymatidagi shartnoma imzolandi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter