Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining qaroriga asosan Fazliddin Karimovich Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
F.Umarov 2001-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2005-2006-yili Soliq akademiyasida davlat soliqlari va yig‘imlari mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olib, magistr darajasini olgan.
U davlat soliq xizmati organlarida 16 yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lib, 2006-2015-yillarda Davlat soliq qo‘mitasining turli tuzilmalarida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, 2015-2017-yillarda Moliya vazirligining Soliq va bojxona-tarif siyosati boshqarmasida sho‘’ba mudiri bo‘lib ishlagan.
Fazliddin Umarov 2017-yildan shu kungacha Hisob palatasining Qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, Abdulla Azizov ham qo‘mita raisiga o‘rinbosar etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter