Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biznesni rivojlantirish banki» boshqaruv xodimlari Vengriya tajribasi bilan tanishdi

«Biznesni rivojlantirish banki» boshqaruv xodimlari Vengriya tajribasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish va ilg‘or amaliyotlarni  joriy etish vazifasi belgilangan.

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB ana shu maqsadda faol xalqaro hamkorlikni olib bormoqda. Bankka  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, KPMG xalqaro ekspertlari jalb qilingan. Kichik biznesni moliyalashtirish hamda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha Rossiya Sberbanki va Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi va «MSP Bank” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Kuni kecha «Biznesni rivojlantirish banki»ning bir guruh  boshqaruv  xodimlari Vengriya Respublikasining kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribasi bilan tanishib qaytdilar.

Xususan, bank vakillari Vengriya moliya bozori yetakchisi OTP bank ofislarida bo‘lib, ularda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari va taklif qilinayotgan xizmatlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, Vengriya Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotda Palataning  kichik biznes vakillariga ko‘maklashishdagi ishtiroki, tadbirkorlarni moliyaviy  qo‘llab-quvvatlash  borasida tatbiq etilayotgan loyihalar haqida axborot berildi.

Bundan tashqari kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish  yo‘nalishida faoliyat yuritadigan «Kavos» kompaniyasi faoliyati  bilan ham tanishildi.

Safar davomida bank tizimini takomillashtirishga ixtisoslashgan kompaniyalar va  biznesga xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirishga doir IT loyihalar va soft dasturlarning   taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi.

Bank vakillari NCR  brendi ostida bankomatlar yetkazib beruvchi «Ennoconn Hungary» kompaniyasidagi ishlab chiqarish jarayonlariga ham guvoh bo‘ldilar.

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB  mazkur  safar davomidagi  muhokamalar va dastlabki  kelishuvlar  asosida kelgusida  Vengriya  kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni  rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring