Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznesni sun’iy ravishda «arra» qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

Biznesni sun’iy ravishda «arra» qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

Foto: «vseprorazvod.ru»

2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish strategiyasining loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Hujjatda beshta asosiy yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan aniq qadamlar belgilangan:

  • soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiya oborot ulushini qisqartirish. Xususan, 2021-yilga kelib JShDS to‘lovchilar sonini 1,5 baravar, QQS, resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar sonini 2 baravar oshirish ko‘zlangan;
  • soliq sohasida servis xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish;
  • soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini chuqur joriy etish va soliq hisobi yuritishni takomillashtirish;
  • davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish;
  • davlat soliq xizmati organlarida poraxo‘rlikka qarshi mexanizmlarni rivojlantirish.

Bundan tashqari, Strategiyani tasdiqlovchi hujjatda (Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori) bir qator chora-tadbirlar belgilangan:

 birinchidan, yagona yer solig‘ini to‘lovchilar ixtiyoriy ravishda QQS to‘lashga o‘tishlari mumkin;

 ikkinchidan, QQS summasini hisobga olish uchun qo‘shimcha shartlar yuzaga keladi:

  • QQS to‘lashga o‘tayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organlarida ushbu soliqni to‘lovchi sifatida majburiy ro‘yxatdan o‘tadilar;
  • QQS to‘lashga o‘tish chog‘ida ushbu soliq summasi QQS to‘lashga o‘tish sanasidan oldingi oxirgi 12 oy ichida xarid qilingan, tasdiqlangan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bo‘yicha hisobga olinadi;

 uchinchidan, yuridik shaxslar yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llashyb yoki yalpi tushumning cheklangan miqdorini sun’iy ravishda pasaytirishni ko‘zlab qayta tashkil etish va boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish operatsiyalarini amalga oshirganda va buning oqibatida soliq solishning umumbelgilangan tizimiga o‘tishdan qochganda6 soliq organlari to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalariga tuzatish kiritishga va ularni sud tartibida undirib olishga haqli bo‘ladilar;

 to‘rtinchidan, moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibida qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mexanizmlar yuzaga keladi: 

  • 90 kun davomida 2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan soliq davri uchun QQS yoki foyda solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlarini pasaytirish dalillarini ixtiyoriy ravishda ko‘rsatgan va ilgari to‘lamagan soliq summasining 50%ini to‘lagan tadbirkorlik sub’yektlari va ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etiladi;
  • asbob-uskunalar va (yoki) ularning butlovchi qismlarini yetkazib berish uchun import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) ularning butlovchi qismlarining texnik xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari sababli ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq deb belgilangan bo‘lsa, bunday kontraktlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzi uchun tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi. Kontraktda nazarda tutilgan yetkazib berish muddatlari tugagan kundan e’tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzi uchun moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash maqsadida belgilangan muddatlar hisobi yuritila boshlaydi;
  • moliyaviy sanksiyalarni undirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish ustida ish olib boriladi. Moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qaror taqdim etilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida 50%ni ixtiyoriy ravishda to‘lagan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarni qolgan summani to‘lashdan ozod etish taklif qilinmoqda.

 Chakana savdodagi xufiya oborotni qisqartirish maqsadida jismoniy shaxslarga daromad, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha chegirmalar taqdim etishni yoxud NKM, to‘lov terminallari cheklari yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olishga oid boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar hisobiga chegirilgan soliqlar miqdoridagi summalarni to‘lashni, shuningdek «Chek talab qiling – yutuqqa ega bo‘ling» ommaviy aksiyalarini o‘tkazishni mo‘ljallamoqdalar.

 Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring