Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qator muhim tovarlar uchun import bojlari bekor qilindi

Bir qator muhim tovarlar uchun import bojlari bekor qilindi

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, saryog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi.

Bu O‘zbekistonning 2022-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarorida nazarda tutilgan.

Ushbu mahsulotlar uchun stavkalar 5 foiz va 20 foiz orasida edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 1-mayidan boshlab o‘simlik moyi, kungaboqar urug‘lari hamda zig‘ir va soya importi, shuningdek, o‘simlik moyini ishlab chiqarish va (yoki) sotish aylanmasiga (paxta yog‘idan tashqari) QQS stavkasi nolga tenglashtirilgan  edi.

2021-yilning 10-oktyabridan 31-dekabriga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma va ularni mamlakat hududiga olib kirish QQSdan ozod qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring