Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Andijonneft»ni «O‘zbekneftgaz» AJga qo‘shib olish jarayonini tezlatish topshirildi

«Andijonneft»ni «O‘zbekneftgaz» AJga qo‘shib olish jarayonini tezlatish topshirildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi Raisi boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari «Andijonneft» AJ tomonidan Farg‘ona vodiysida gaz qazib chiqarish holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida Buloqboshi tumanidagi Chaqar konida «Qo‘qonneftgazparmalash ishlari» MChJ tomonidan yangi qazilayotgan «Chaqar 3» qidiruv qudug‘i ko‘zdan kechirilib, bu yerda mehnat faoliyatini olib boruvchi ishchi-xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar tanishildi.

Korxonaning bo‘sh turgan 2 ta burg‘ilash uskunasini «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan gaz hajmlarini oshirish maqsadida burg‘ilash ishlariga jalb qilinishi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, «Uchtepa» gaz konidagi 3 va 5 – sonli quduqlarga borilib, bajarilayotgan ishlar ko‘rildi va aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadida gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirish kerakligi va buning uchun barcha choralar ko‘rish kerakligi to‘g‘risida vazifalar belgilab berildi.

Farg‘ona vodiysida geologik qidiruv ishlarini olib borish, mavjud va yangi istiqbolli konlarni ochish kerakligi va Farg‘ona viloyatida «Avval» va «Xonqiz» konlarini batafsil o‘rganib chiqish va u yerda xam gaz qazib chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlash to‘g‘risida aytib o‘tildi.

«Andijonneft» jamiyatini «O‘zbekneftgaz» AJga qo‘shib olish jarayonini tezlashtirish kerakligi va yangi «Vodiyneftgaz qazib chiqarish» boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi va «Ishchi guruh»ning vodiy viloyatlardagi soha tashkilotlari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring