Maxsus komissiyaning yangi qarori chiqishi kutilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori chiqishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Unga ko‘ra, xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlarida fuqarolardan koronavirus infeksiyasiga ekspress test olish talabi bekor qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu tartib joriy qilingandi.
Hozircha ushbu ma’lumot rasman tasdiqlangani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter