Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat (infografika)

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun, 21-mart kuni bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘raO‘zbekistonda koronavirus (COVID-19)ga chalinganlar soni 41 nafarga yetdi.

Qo‘shni mamlakatlarda: Qozog‘istonda 53, Qirg‘izistonda 12, Afg‘onistonda 24 nafar (1 nafari tuzalib ketgan) insonda koronavirus aniqlandi.

Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida koronavirus eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar: Xitoy (81 304), Italiya (47 021), Ispaniya (21 571), Eron (20 610) va Germaniya (20 142).

Koronavirusdan eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya (4 032), Xitoy (3 255), Eron (1 556), Ispaniya (1 093) va Fransiyada (450)da qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring