Benzinning narxi: arzonmi-qimmat? Bizda va chet elda* (infografika)

Dunyo bo‘yicha benzinning o‘rtacha narxi $1,16 dollar. «Global Petrol Prices» ma’lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, dunyo mamlakatlarida uning narxi keskin tafovut qiladi. Boy mamlakatlarda benzin narxi yuqori, kambag‘al davlatlarda va o‘zi neftni eksport qiluvchi mamlakatlarda unga nisbatan past narx qo‘yiladi. Yagona istisno — AQSh, iqtisodiyoti yuqori rivojlangan, ammo benzin narxi arzon. Turli narxlarning shakllanishi turlicha soliq va subsidiyalarning mavjudligi bilan izohlanadi. Hamma mamlakatlar xalqaro neft bozoridagi bir xil narxdagi benzinni olish imkoniyatiga ega, biroq hamma sabab ularning o‘zlarida amalda bo‘lgan soliqlarda. Shuning uchun ham benzinning narxi hamma yerda har xil.
2017-yil noyabr oyida benzin 0,41 dollardan sotilgan O‘zbekiston «Global Petrol Prices»ning benzin narxi eng arzon mamlakatlar reytingida 9-o‘rinni egallagandi.
Keyin O‘zbekistonda benzin narxi sezilardi ravishda ko‘tarildi, ammo jahondagi o‘rtacha narx bizdagidan yuqori.
*Eslatma: eng yuqori toifaga mansub benzin narxlari hisobga olingan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter