Zangiota hokimi o‘rinbosari qidiruvga berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani hokim o‘rinbosari J.U. qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. «Xabar.uz» so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
Qayd etilishicha, haqiqatan ham Zangiota tuman hokimiyati mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida tuman hokimining o‘rinbosariga Jinoyat kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, sirtdan «Qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda qidiruv e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter