Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda firibgar qo‘lga olindi

Xorazmda firibgar qo‘lga olindi

Foto: «politring.com»

Xorazm viloyati Shovot tumani «Yangiturmush» mahallasida yashovchi fuqaro M.K. Departamentning Xorazm viloyat Shovot tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, «Qiyot» qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro R.O. uning  tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida yurganligidan xabar topib, unga shu qishloqdan 600 kv metr yer maydoni ajratilishida tuman arxitektura va qurilish bo‘limida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytgan. Bu ishlarni bitirish uchun esa oldindan 7 million so‘m va egalik huquqi belgilash to‘g‘risidagi qaror chiqartirilgandan keyin yana 3 million so‘m, jami 10 million so‘m pul berishini talab qilgan.

Shunga asosan, arizachining murojaati yuzasidan 2018-yil 13-avgust kuni Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbirda Shovot tumani «Tuproqqal’a» mahallasida yashovchi fuqaro R.O hamqishlog‘iga va’da qilgan yer maydoni uchun so‘ralgan pulning 5 million so‘mini olayotgan paytda Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring