Xalqaro qidiruvdagi xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi
Bishkekda xalqaro qidiruvda bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi A.S.Sh.ni qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
«A.S.Sh. jinoiy guruhning faol a’zosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida og‘ir jinoyat sodir etgan. Keyin jinoiy javobgarlikdan qutulish maqsadida O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. U O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan xalqaro va davlatlararo qidiruvga berilgan», — deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.
A.S.Sh. Bishkekning Pervomay tuman sudi qarori bilan O‘zbekistonga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter