Vodiyda oshkora talonchilar qo‘lga tushdi
29-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida D.Yu. ismli ayol IIBga murojaat qildi. Unga ko‘ra 27- oktyabr kuni noma’lum shaxslar «Nexia» rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida chiqishgan. «Guliston» mahallasi hududiga yetib kelganda kelishilgan manzilga bormasdan boshqa tomonga ketayotganligi sababli haydovchidan norozi bo‘lishgan. Avtomashinani to‘xtatib tushgach qo‘lidagi g‘ilofida 200 AQSh dollari solingan narxi 1.500.000 so‘mlik «Mi 8» rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni A.A. va A.J.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter