Universitet o‘qituvchisi jinoyat ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi Sh.Q. tanishlari orqali fuqaro G.ni mazkur universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter