Uch opa-singilni urgan erkakka qonuniy chora ko‘rildi

2020-yil 30-oktyabr kuni soat 23:00 larda Namangan shahrida yashovchi, shu yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar hududida joylashgan savdo do‘konlaridan birining oldida Chortoq tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan va singillari — 1992-yil hamda 1998-yilda tug‘ilgan ayollarni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, urib tan jarohati yetkazgan.
Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020-yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter